Close


UrDPI REKTORI AQSHNING LINKOLN UNIVERSITETIDA BO‘LDI


UrDPI rektori AQSHning Linkoln universitetida bo‘ldi

Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Xorijiy tillar va Pedagogika fakulteti dekanlari bilan birgalikda Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Bugun, 17-mart kuni institut vakillari AQSHning Oakland shahridagi Linkoln universitetiga borib, universitet prezidenti Mixail Brodskiy bilan uchrashdilar.

Maʼlumot uchun, 2024-yilda ushbu universitet va UrDPI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. M.Brodskiy institutimiz vakillarini Linkoln universitet faoliyati bilan tanishtirdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: