Close


UrDPI PROREKTORI QOZOG‘ISTONDA "TARIXIY DO‘STLIK!" MAVZUSIDA MAHORAT DARSI O‘TDI


UrDPI prorektori Qozog‘istonda "Tarixiy do‘stlik!" mavzusida mahorat darsi o‘tdi

 Xabaringiz bor, hozirda  Urganch davlat pedagogika instituti vakillari Qozog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.  

 Shu doirada institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori Diyorjon Abdullayev O‘zbekali Jonibekov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universitetida bo‘lib, Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalariga mahorat darsi o‘tdi.  

Dars o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va hamkorlik aloqalari masalalarini qamrab olgan bo‘lib, unda ikkala qardosh xalqlarning qadim zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan mushtarak tarixi va madaniyati o‘z aksini topgan.  

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: