Close


AQSHNING LOS ANJELES SHAHRIDA TESOL-2025 KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TMOQDA


AQSHning Los Anjeles shahrida TESOL-2025 konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda 

Ushbu konferensiyada Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova hamda Filologiya va tarix, Pedagogika fakultetlari dekanlari ishtirok etmoqdalar. 

Maʼlumot uchun, TESOL (Teaching English to speakers of other languages) – Ingliz tilini boshqa tillarda so’zlashuvchilarga o’qitish, bu sertifikat TEFL va TESL dan farqli o’laroq, istalgan davlatda ingliz tilini o’qitish huquqini beradi.

O‘tgan uch oy mobaynida UrDPIning bir guruh professor-o‘qituvchilari TESOL sertifikatiga o‘qitilib, ushbu sertifikatga ega bo‘ldilar. Keyingi bosqichlarda boshqa professor-o‘qituvchilarimiz uchun ham bu jarayon davom etadi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligining vakillari ishtirok etmoqdalar. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: