Close


UrDPIDA XORAZM VILOYATI "MAʼRIFATLI AYOLLAR" KENGASHINING BIRINCHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda Xorazm viloyati "Maʼrifatli ayollar" kengashining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm viloyatining "Maʼrifatli ayollar" kengashining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Nigora KutlimurodovaUrDPI rektori Feruza Madraximova, Respublika Oila va xotin qizlar qo‘mitasi "Ilm nuri" jamiyati rahbari Dilbar Alimjonova, Yangi O‘zbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova va tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender instituti, “Oqila ayollar” harakati vakillari, viloyatning ijod va ilm, fan va madaniyat yo‘lidagi fidoiy, faol va yetakchi ayollari, olimalar, yosh tadqiqotchilar va ijodkorlar ishtirok etdilar. 

Oʻzbekiston xalq artistlari, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, davlat mukofoti sohibalari, professorlar va fan doktorlari, ijodkorlar, bir so‘z bilan aytganda elimiz ardog‘idagi ayollarni o‘zida jamlagan bu uchrashuv chin ma’noda ilm va ijod bayramiga aylandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: