Close


UrDPI TALABASI OSIYO CHEMPIONATINING KUMUSH MEDALI SOHIBASIGA AYLANDI!


UrDPI talabasi Osiyo chempionatining kumush medali sohibasiga aylandi!

Tailandda yakuniga yetgan Osiyo chempionatining aralash jamoaviy bahslari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi qit’a vitse-chempionlariga atalgan kumush medallarni qabul qilib oldi.

Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Shirinjon Yo‘ldosheva (-78 kg) ham O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida faol ishtirok etdi hamda Osiyo chempionatining kumush medali sohibasiga aylandi.

🇺🇿Yurt faxri bo‘lgan talabamizga doimo omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: