Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 2022-yil 5-sentyabrda tashkil qilindi.
Pedagogika fakulteti dekani PhD Sharifzoda Sardor O‘rozboyevich.
Pedagogika fakulteti dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Matmuratov Aziz Abdukarimovich.
Pedagogika fakulteti dekanining O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari katta o‘qituvchi Masharipov Ravqat Madraximovich.
Pedagogika fakultetida jami 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lib jami 878 nafar talabani qamrab olgan.
Ularga jismoniy madaniyat, texnologik ta’lim, maktabgacha ta’lim, pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi), boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari kiradi.
Pedagogika fakultetida 5 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud: Ular Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisliklaridir.
Pedagogika fakultetida 2 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular “Texnologiya va jismoniy madaniyat”, “Pedagogika, boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedralaridir.
Fakultetda jami 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 nafari professor, 4 nafari fan doktori va nomzodlari, 3 nafari dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 14 nafari o‘qituvchi hisoblanadi.
“Pedagogika, boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri dotsent Nafasov Doniyor Shernafasovich. Kafedrada ayni davrda 8 nafar professor o‘qituvchi asosiy shtatda, 1 nafar professor o‘qituvchi ichki o‘rindoshlik asosida, 10 nafar professor o‘qituvchi tashqi o‘rindoshlik asosida ish faoliyatini olib bormoqdalar.
“Texnologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri professor Matnazarov O‘ktam Latipovich. Kafedrada ayni davrda 5 nafar professor o‘qituvchi asosiy shtatda, 2 nafar professor o‘qituvchi ichki o‘rindoshlik asosida, 1 nafar professor o‘qituvchi tashqi o‘rindoshlik asosida ish faoliyatini olib bormoqdalar.