“Yashil makon” umummilliy loyihasi Urganch davlat pedagogika institutida...
Bugun Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.
Ushbu loyiha doirasida Urganch davlat pedagogika institutida ham nihollar ekildi hamda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Maʼlumot uchun, ushbu loyiha joriy yilning 20-noyabrigacha respublikaning barcha hududlarida tashkil etilib, umumiy miqdorda 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyihada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari, oliy taʼlim muassasalari rektor va direktorlari, xususan, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova boshchiligidagi institut vakillari ham faol ishtirok etdilar.
Bahor fasli kirib kelishi bilan atrof-muhitni ko'kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekish tadbirlari barcha hududlarda amalga oshiriladi.
Xususan, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Institut boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan bir guruh faol volontyorlar ishtirokida "Yashil makon" aksiyasi o'tkazildi. Aksiya doirasida institut atrofini ko'kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirildi.





