Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “O‘zmilliybank” AJ bilan birga “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilyapti


UrDPIda bitiruvchilar bandligini bo’yicha navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalariga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish o‘tkazildi.
Yigʻilishda talabalarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” loyihasi keng muhokama qilindi. Shuningdek, yigʻilish davomida o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, ta’lim sifati, ijro-intizomi yuzasidan ham mas'ullarning fikrlari tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.


UrDPIda bitiruvchi yoshlar bilan “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
Urganch davlat pedagogika instituti Registrator ofisi qoshida tashkil etilgan Karyera markazida pedagogika va maktabgacha ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar uchun “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashdan iboratdir.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy banki Xorazm viloyat boshqarmasining “Kelajakka qadam” menedjeri – Polvonov Ulug‘bek ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kredit dasturlari va amaliy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
📅 Ma'lumot uchun, bank xodimlari haftaning har dushanba va chorshanba kunlari 10:00 dan 11:00 gacha institut Talabalar turar joyining 1-qavatida tashkil etilgan "Karyera markazi"da (108-xona)da murojaat qiluvchi talabalar bilan uchrashishlari belgilangan.


UrDPIda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchilar va mas’ullar uchrashuvi tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mas’ullar va bitiruvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy banki Xorazm viloyat boshqarmasining “Kelajakka qadam” loyihasi mas'ullari – Bekmanov Umidjon Kamilovich va Polvonov Ulug‘bek Yarashboyevich ishtirok etib, talabalarga bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan to‘g‘ri foydalanish mexanizmlari hamda istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berishdi.


#TalabaExpo_2025 | #Xorazm
Ayni paytda Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun UrDU hovlisida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ushbu ko’rgazma doirasida viloyatdagi yirik ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazmoqda. Ular o‘z korxonalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.
Ko’rgazmada Urganch davlat pedagogika institutining paviloni ham tashkil etilgan bo’lib, unda institut jamoasi va bitiruvchi talabalari ishtirok etmoqda.
Videorolikni ko'rish
Ayni paytda Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun UrDU hovlisida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
Ushbu ko’rgazma doirasida viloyatdagi yirik ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazmoqda. Ular o‘z korxonalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda. Ko’rgazmada Urganch davlat pedagogika institutining paviloni ham tashkil etilgan bo’lib, unda institut jamoasi va bitiruvchi talabalari ishtirok etmoqda.
🎤 UrDPI Registrator ofisi direktori Sirojbek Allanazarov intervyusi.
Videorolikni ko'rish
Ayni paytda Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun UrDU hovlisida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
Ushbu ko’rgazma doirasida viloyatdagi yirik ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazmoqda. Ular o‘z korxonalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda. Ko’rgazmada Urganch davlat pedagogika institutining paviloni ham tashkil etilgan bo’lib, unda institut jamoasi va bitiruvchi talabalari ishtirok etmoqda.
🎤 UrDPI bitiruvchi talabasi Hilola Alimboyeva intervyusi.
Videorolikni ko'rish