Urganch davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF–16-son Farmonining 16-ilovasi 30-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Eko-innovation – 2025” mavzusida ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ushbu ko‘rgazmada respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan, ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan, o‘z ijodiy qarashlarini jamiyatga taqdim etishni istagan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Loyihalarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
— Taqdim etilayotgan loyihalar ekologik muammolarning zamonaviy va innovatsion usullar orqali hal etilishi bo‘yicha aniq takliflarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur;
— Ishlanma ilmiy-texnik asoslangan, real hayotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, amaliy qiymatga ega bo‘lishi kerak;
— Loyiha doirasida ilgari surilayotgan g‘oya mahalliy (ya’ni o‘z hududimizdagi) yoki global ekologik muammolarni qamrab olgan bo‘lishi mumkin.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarni zamonaviy, ilmiy va texnologik yondashuvlar orqali hal etishga oid ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yoshlarning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish, ularni ekologik ongli va innovatsion fikrlovchi mutaxassis sifatida shakllantirish, shuningdek, mazkur loyihalarni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishdan iborat.
Urganch davlat pedagogika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi.
Bugun respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtning o'zida “Bu bogʻlar bir bogʻlar boʻladi…” shiori ostida daraxt ekish tadbirlari bo’lib o’tmoqda.
Xususan, Urganch davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari ham ushbu ekologik aksiyada faol ishtirok etmoqdalar.
Ma’lumot uchun, ushbu umummilliy loyiha doirasida institut hududiga 1427 m2 gazon yotqizilishi, 200 tup mevali daraxt, 300 tup manzarali daraxt, 150 tup archa, 300 tup atirgul koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Bugun Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi hamda yigʼilishda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida #Ziyolilar_bogʼini tashkil etish uchun umumrespublika marafoniga start berildi.
Urganch davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Umarbek Sheripov ham mazkur yig‘ilish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ziyolilar bog‘i"ga ko‘chat ekish jarayonlarida institutimiz vakili sifatida ishtirok etdi.
“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…”
Prezidentimiz “Arda Xiva” xalqaro sayyohlik majmuasida xorazmlik yoshlar bilan samimiy muloqot qildi
Lavhadan Filologiya va tarix fakulteti talabasi, Xorazm viloyati Volontyorlar maktabi mentori Surayyo Sobirova inetrvyusi ham o'rin olgan.
UrDPI talabalari “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovida vohamiz sharafini himoya qilib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamkorligida joriy yilning 26-may – 1-iyun kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan Yosh ekologlar kengashlari a’zolari faol ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tanlovda Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan “Yashil voha” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2 o‘rinni egalladi. Quvonarlisi, mazkur jamoada UrDPI talabalari Xorazm viloyati "Yosh ekologlar" kengashi raisi, guruh sardori Surayyo Sobirova, Tohir O‘razboyev, Sarvinoz Amatjanovalar ham g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.