Close


UMIDLI TALABAMIZ – LAVHA QAHRAMONI!


 “Xorazm” telekanalining “Assalom, Xorazm” dasturida namoyish qilingan lavha qahramoni Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalaridan biri, 221-guruh talabasi Xusniya Otaboyeva bo‘ldi.

    Ma’lumot uchun, Xusniya Otaboyeva “Kitobxon talaba” respublika koʻrik-tanlovining, “Eng yaxshi notiq talaba” ko‘rik-tanlovining, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mart oyida Xiv tumanida tashkil etilgan rakirovka turnirining, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi tomonidan “Sumalak party” yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasining sovrindorlaridan hisoblanadi. 

    Umidli talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!

Ulashish: