Close


TOJIKISTONDA O‘TKAZILGAN XALQARO ILMIY KONFERENSIYADA URDPI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ISHTIROK ETDILAR


Tojikistonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada UrDPI professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar

Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Anorgul Atajonova hamda kafedra v.b., professori Gavhar Eshchanovalar Tojikiston Respublikasi Penjikent shahridagi Tojikiston pedagogika instituti tashabbusi bilan “Zamonaviy davrda pedagogika, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida “VII Artuchov o‘qishlari” nomli ilmiy-amaliy xalqaro konferensiyada o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjumanda pedagogika sohasida dolzarb ilmiy yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, fikrlar almashildi. Shuningdek, dastur doirasida Chuqurak va Kalon ko‘llariga sayohat uyushtirildi. Ishtirokchilar qadimiy Penjikent shahri, mashhur mutafakkir Abuabdulloh Rudakiy maqbarasi va Penjikent shahar muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: