Close


KO‘ZI OJIZ ABITURIYENTLAR UCHUN IMTIHON JARAYONLARIGA OID KONSULTATSIYA O‘TKAZILDI


Ko’zi ojiz abituriyentlar uchun imtihon jarayonlariga oid konsultatsiya o'tkazildi

Bugun, 21-iyul kuni Urganch davlat pedagogika institutida  ko’zi ojiz abituriyentlar uchun bo‘lib o‘tadigan imtihon jarayonlariga doir masalalar yuzasidan konsultatsiya tashkil etildi. Unda institutga hujjat topshirgan 8 nafar ko'zi ojiz abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Konsultatsiyada abituriyentlarga Qabul komissiyasi mas'ul kotibi S.Allanazarov hamda boshqa mas'ullar tomonidan imtihon jarayonlarining tashkil etilishi, abituriyent bilimiga qo'yiladigan talablar, baholash me'zonlari haqida tushuntirishlar berib o'tildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: