ROSSIYA FEDERATSIYASINING “COMMONDRUGESTVO SOCIETY 2023” XALQARO KO‘RGAZMA-TANLOVI VA O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING TASVIRIY VA AMALIY SANʼAT FESTIVALI G‘OLIBI, ISTE’DODLI O‘QITUVCHIMIZ DILSHOD SHEROV “ASSALOM, XORAZM” TELEDASTURINING FAXRLI MEHMONI
Xabaringiz bor, iste’dodli o‘qituvchimiz, Filologiya va san’at fakulteti “San’atshunoslik” kafedrasi mudiri Dilshod Sherov, Rossiya Federatsiyasi, Udmurt Respublikasining Udmurt davlat universiteti (UdGU)da an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “COMMONDRUGESTVO_SOCIETY_2023” xalqaro ko‘rgazma-tanlovida ishtirok etdi hamda “I DARAJALI DIPLOM” bilan taqdirlandi.
Shuningdek, milliy sanʼatimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy merosi, bugungi salohiyati va rivojlanishini targ‘ib etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son, “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarorlari ijrosi yuzasidan Badiiy akademiya hamda qator vazirlik, idoralar hamkorligida joriy yil 17-21-aprel kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalida ham Dilshod Sherov “DIPLOM” bilan taqdirlandi.
“Assalom, Xorazm” musiqiy dam olish dasturida ushbu tanlovlar, ustozning ilmiy va ijodiy ishlari haqida so‘z yuritiladi.