Close


REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


Rektor va yoshlar uchrashuvi

Bugun, 22-iyul kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova viloyatimiz yoshlari bilan ochiq muloqot qildi. 

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda rektor yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘quv jarayoni, bandlik masalasi, ilmiy faoliyat, xorijiy tillarni o‘rganish kabi yo‘nalishlardagi savollarga batafsil javoblar berdi. Uchrashuv davomida ko’plab yoshlarning taklif va tashabbuslari qo’llab-quvvatlandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: