UrDPI talabasi 100 foizlik grant asosida Qozon Federal universitetida o‘tkazilayotgan dasturda ishtirok etmoqda
Filologiya va tarix fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi Axmedov Akbarjon 100 foizlik grant asosida Qozon (Volga bo‘yi) Federal universitetida o‘tkazilayotgan dasturga qabul qilindi hamda hozirda Qozonda o‘qish va tajriba almashish jarayonlarida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida joriy yilning 21-iyul sanasidan 3-avgust kuniga qadar davom etadigan mazkur dasturda dunyoning 31 ta davlatidan 408 nafar talaba ishtirok etmoqda.
Bunday imkoniyatlar talabalarimizga bilim va tajribasini xalqaro miqyosda boyitishga zamin yaratadi.





©️ UrDPI matbuot xizmati