UrDPIda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchilar va mas'ullar uchrashuvi tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash maqsadida mas’ullar va bitiruvchi-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zMilliy bank Xorazm viloyat boshqarmasining “Kelajakka qadam” bo‘limi boshlig‘i Polvonov Ulug‘bek Yarashbayevich ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va davlat grantlari, O‘zMilliy bank xizmatlari hamda “Kelajakka qadam” dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, ularni real iqtisodiy faoliyatga tayyorlashda muhim qadam bo‘ldi.




©️ UrDPI matbuot xizmati