UrDPIning ilk bakalavr bitiruvchilariga diplomlar tarqatilmoqda
Bugun, 24-iyul kuni institut rektori Feruza Madraximova rahbarligida Maktabgacha ta’lim va Musiqa ta’limi yo‘nalishining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.
Xabaringiz bor, bu yil Urganch davlat pedagogika institutini 5 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 361 nafar talaba hamda 7 ta ta’lim mutaxasisligi bo‘yicha 68 nafar magistr bitkazadi. Shuningdek, institutning ilk bitiruvchilari uchun unutilmas bitiruv kechasi ham (https://t.me/UrDPI_UZ/28325) bo‘lib o‘tgan edi.
Ertaga, 25-iyul kuni oliy ta’lim muassasasining Texnologik ta’lim, Jismoniy madaniyat hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga diplomlar topshiriladi.




©️ UrDPI matbuot xizmati