Close


UrDPI TALABASI AQSHDA YETAKCHILIK DASTURINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLADI!


UrDPI talabasi AQShda yetakchilik dasturini muvaffaqiyatli yakunladi!

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti talabasi Malika Matkarimova AQShda bo‘lib o‘tgan Study of the US Institutes for Young Women Leaders — ayol-qiz talabalar uchun mo‘ljallangan 5 haftalik akademik yetakchilik dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.

Mazkur nufuzli dasturga butun respublika bo‘ylab 8000 nafardan ortiq nomzodlar orasidan atigi 4 nafar eng iqtidorli qizlar saralab olingan bo‘lib, Malika Matkarimova ularning safidan munosib o‘rin egalladi.

Dastur davomida ishtirokchilar yetakchilik, kommunikatsiya, gender tengligi, fuqarolik jamiyati kabi yo‘nalishlarda ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: