Close


UrDPI OʻQITUVCHISI ROSSIYA DAVLAT GUMANITAR UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRADI


UrDPI oʻqituvchisi Rossiya davlat gumanitar universitetida malaka oshiradi

Xabaringiz bor, 2024-yilning yanvar oyida Urganch davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi huzuridagi Rossiya davlat gumanitar universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. 

Hozirda o‘zaro hamkorlik doirasida  ikki oliygoh o‘rtasida pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, stajirovkalar, ma’ruzalar va simpoziumlar o‘tkazish, akademik ma’lumotlar va materiallar almashinuvi, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Xususan, Urganch davlat pedagogika instituti vakili Yunusxo‘jayev Habibulla Zafar o‘g‘li 2025-yil 27-iyuldan 10-avgustgacha mazkur universitetda bo‘lib o‘tadigan “Yozgi institut” xalqaro loyihasida ishtirok etadi. 

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yetakchi rossiyalik gumanitar olimlar ishtirokida ma’ruzalar, seminarlar, davra suhbatlari va master-klasslar;

Moskva davlat universitetining tarix fakulteti, Tver davlat universiteti, Tula davlat pedagogika universiteti kabi hamkor oliygohlarda amaliy mashg‘ulotlar;

Moskvadagi tarixiy obidalar va muzeylarga tashrif, Tver va Tula shaharlariga ekskursiyalar, madaniy-tanishtiruv tadbirlari.

Dastur yakunida ishtirokchilarga RDGU tomonidan malaka oshirish guvohnomasi va hamkor oliygohlar tomonidan stajirovka sertifikatlari taqdim etiladi.

 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: