Close


UrDPIDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR VA TO'GARAKLAR FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA.


UrDPIda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va to'garaklar faoliyati davom etmoqda. 

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan “Yozgi ijod markazlari” faoliyati asosida San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Sarvarbek Yo‘ldoshev rahbarligida musiqa to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar musiqa madaniyati, ohanglar uyg‘unligi va sahnadagi badiiy ifoda bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni amaliy shaklda mustahkamlashdi. To‘garak mashg‘ulotlari talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, estetik didini shakllantirish hamda san’at orqali ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: