Close


UrDPI TALABALARI “VATAN BO‘YLAB SAYOHAT QIL!” LOYIHASI DOIRASIDA BUXORO TOMON YO‘L OLDILAR!


UrDPI talabalari “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida Buxoro tomon yo‘l oldilar!

“Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida Urganch davlat pedagogika instituti talabalari navbatdagi manzil – Buxoro shahriga sayohat uchun yo‘lga chiqishdi. Bu safar nafaqat maroqli dam olish, balki yoshlar uchun boy tariximiz va madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ham yaratadi.

 Sayohat davomida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lib, talabalarimiz mas’ul ustozlar hamrohligida safarga chiqishdi.

Oldinda ularni unutilmas taassurotlar va tarixiy obidalar kutmoqda! Oq yo‘l, UrDPI yoshlari!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: