URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA OSHPAZLAR TANLOVI
Urganch davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oshpazlar tanlovi institut jamoasiga yuqori kayfiyat va pozitiv energiya ulashdi.
Talabalar o‘zbek milliy taomi bo‘lgan osh tayyorlashdi. Ertalabdan boshlangan tayyorgarlikdan keyin talaba-yoshlar o‘z oshpazlik mahoratini namoyon qilishgan holda bir-biridan totli bo‘lgan oshlarni tayyorlashdi va tanlov so‘ngida zo‘r ishtiyoq bilan harakat qilishgan, natijalarga intiq turgan ishtirokchilar UrDPI rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov raisligidagi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib I, II va III o‘rin sohiblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan hamda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Aslida institutimiz miqyosidagi talaba-yigitlar oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan oshpazlar tanlovida talaba-qizlarimiz, professor-oʻqituvchilarimiz ham ishtirok qilish tashabbusi bilan chiqdilar va milliy taomimiz – OSH BARCHANI BIR MAQSAD, BIR DASTURXON, QOLAVERSA, SHIRIN DIYDOR VA MEHR ATROFIDA YANADA BIRLASHTIRDI!