UrDPIda Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazlari faoliyat olib bormoqda
Urganch davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-avgust sanasidan boshlab “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazlari faoliyat olib bormoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 1-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i ijrosi
Markazlarda mas’ul xodimlar hamda institutning volontyorlar jamoasi tomonidan murojaatchilar uchun kerakli maʼlumotlar berib borilmoqda.
Markazlar joriy yilning 10-sentabr kuniga qadar faoliyat yuritadi.




©️ UrDPI matbuot xizmati