UrDPI bitiruvchilari mehnat yarmarkasida ishtirok etmoqda
Bugun, 7-avgust kuni, Urganch davlat pedagogika instituti mas’ullari hamda bitiruvchi yoshlari “Karyera kuni” doirasida viloyat bitiruvchi talabalari va yoshlari uchun tashkil etilgan Mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida tashkilotlar tomonidan koʻrgazmalar ham tashkil etildi.
Xorazm viloyati Bosh prokuraturasi va OTMlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida yarmarkada mingga yaqin tashkilot va korhonalar tomonidan 3700 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.
Tashkil etilgan mazkur tadbirdan maqsad bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.




©️ UrDPI matbuot xizmati