UrDPIda “Mahallani chiqindidan holi hududga aylantiramiz” shiori ostida “Eko klub” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 28-iyuldagi 273-sonli buyrug‘i ijrosi
Mazkur klub faoliyati doirasida har oyda bir marotaba “Mahallani chiqindidan holi hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiyalar va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Klubga ixtiyoriylik asosida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda faol talaba-yoshlar jalb etiladi.
Dastur doirasida atrof-muhitni tozalash, daraxt va ko‘chatlarni parvarish qilish, ekologik bayramlarni nishonlash, ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha faoliyatlar olib boriladi. Shuningdek, talaba-yoshlarning ekologiya va iqlim o‘zgarishiga oid tanlovlar, grant va loyihalarda faol ishtiroki ta’minlanadi.



©️ UrDPI matbuot xizmati