Close


UrDPI O‘QITUVCHISI ROSSIYA DAVLAT GUMANITAR UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA


UrDPI o‘qituvchisi Rossiya davlat gumanitar universitetida malaka oshirmoqda

Xabaringiz bor, 2024-yilning yanvar oyida Urganch davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi huzuridagi Rossiya davlat gumanitar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Hozirda mazkur memorandum doirasida bir qator hamkorliklar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Xususan, Urganch davlat pedagogika instituti vakili Yunusxo‘jayev Habibulla Zafar o‘g‘li 2025-yil 27-iyuldan 10-avgustgacha mazkur universitetda bo‘lib o‘tayotgan “Yozgi institut” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. 

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
 yetakchi rossiyalik gumanitar olimlar ishtirokida ma’ruzalar, seminarlar, davra suhbatlari va master-klasslar;

 Moskva davlat universitetining tarix fakulteti, Tver davlat universiteti, Tula davlat pedagogika universiteti kabi hamkor oliygohlarda amaliy mashg‘ulotlar;

 Moskvadagi tarixiy obidalar va muzeylarga tashrif, Tver va Tula shaharlariga ekskursiyalar, madaniy-tanishtiruv tadbirlari.

 Bugun ishtirokchilarga RDGU tomonidan malaka oshirish guvohnomasi va hamkor oliygohlar tomonidan stajirovka sertifikatlari taqdim etildi.  

Endilikda “Yozgi institut” xalqaro loyihasi o'z ishini tarixiy obidalar bo'ylab sayohatlar bilan davom qildiradi. Bizni kuzatishda davom eting.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: