Close


UrDPIDA 2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN HUJJAT TOPSHIRGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN SUHBAT JARAYONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA


UrDPIda 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda 

Suhbat jarayonlari joriy yilning 12-15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlarining kafedralar va yo‘nalishlar kesimida o‘tkazilmoqda. 

Ishga qabul qilishda talabgorlar magistratura bosqichini yakunlagan, soha bo‘yicha yetuk mutaxassis va pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari kerak. 

Xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatga ega, PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega, dotsent yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilib, ularning dars soatlari hajmi va taqsimotida keng qulayliklar yaratiladi.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: