Close


UrDPI VAKILI GERMANIYADA ILMIY TADQIQOT STAJIROVKASINI O‘TAMOQDA


UrDPI vakili Germaniyada ilmiy tadqiqot stajirovkasini o‘tamoqda

Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani Hikmatjon Matyoqubov Germaniyaning Lyubek matematika institutida Yevropa Ittifoqining “HORIZON - 2020” ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha dasturi doirasida “Spectral Optimization: From Mathematics to Physics and Advanced Technology” mavzusidagi loyiha doirasida ilmiy tadqiqot stajirovkasi o‘tamoqda.

Hozirda ilmiy tadqiqot stajirovkasi doirasida Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikdagi kelajakda amalga oshirish mumkin bo’lgan yangi qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari xususida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Yevropa Ittifoqining “HORIZON - 2020” ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha dasturi bilan batafsil tanishish: https://www.sompaty.eu 

Germaniyaning Lyubek matematika instituti faoliyati bilan batafsil tanishish: https://www.uni-luebeck.de 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: