Ayni daqiqalarada UrDPIda 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilar bilan navbatdagi suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda
Suhbat jarayonlarining kafedralar va yo‘nalishlar kesimida o‘tkazilmoqda.
Ishga qabul qilishda talabgorlar magistratura bosqichini yakunlagan, soha bo‘yicha yetuk mutaxassis va pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari kerak.
Xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatga ega, PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega, dotsent yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilib, ularning dars soatlari hajmi va taqsimotida keng qulayliklar yaratiladi.
Ma'lumot uchun, ertaga 15-avgust kuni ham suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzatishda davom eting.




©️ UrDPI matbuot xizmati