Close


UrDPIDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA INSTITUT SPORT MAYDONIDA MAHALLA YOSHLARI ISHTIROKIDA FUTBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI


UrDPIda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida institut sport maydonida mahalla yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi tashkil etildi

 2024-yil 28-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab, kollej, texnikum va oliy ta’lim muassasalari sport zallari, kutubxonalari, stadion va basseynlarini mahalla yoshlari uchun ochiq bo‘lishi zarurligi ta’kidlangan edi. Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ham yoshlarning boʻsh vaqtlarini maqsadli va mazmunli tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan.

Urganch davlat pedagogika institutida sport maydoni va axborot-resurs markazi hududga yaqin joylashgan mahalla yoshlari uchun doimiy ochiq bo‘lib, institut hududidagi mavjud sport inshootlaridan yoshlar erkin foydalanishmoqda. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: