UrDPI talabalari “Yosh tarixchilarning 4-yozgi o‘qishlari” dasturida ishtirok etishmoqda
Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Raximov Islomjon va Xo‘janazarova Sharifa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Yosh tarixchilarning 4-yozgi o‘qishlari” dasturida ishtirok etishmoqda.
— Ushbu yozgi o‘qishlar 2025-yil 17–24-avgust kunlariga belgilangan bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya respublikalaridan ham yosh tarixchilar qatnashmoqda.
Dastur davomida Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari, ilmiy xodimlari hamda professorlari tomonidan mahorat darslari, ilmiy seminar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.



©️ UrDPI matbuot xizmati