Close


UrDPI KENGASHINING 2025/2026-O‘QUV YILIDAGI BIRINCHI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


UrDPI Kengashining 2025/2026-o‘quv yilidagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Kengash avvalida ilmiy diplomlar bilan taqdirlanishlar hamda yangi tayinlovlar tanishtirilganidan so’ng, kun tartibidagi asosiy masalalarga o’tildi.

Xususan, kun tartibida institut Kengashi aʼzolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish, Kengash ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va o‘quv-meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini o‘rganish mezonini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash, institut talabalariga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash kabi masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglandi. 

Yakunda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: