Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi 44-sonli buyrug‘iga asosan Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikrom Samandarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Xudoyberganov Xonqa pedagogika kollejiga tashrif buyurib, kollej rahbariyati, o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdilar, kollejning pedagogik jamoasi bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida kollej talabalari uchun institut o‘qituvchilari tomonidan bepul chet tillarini o‘qitish kurslarining tashkil qilinishi, besh muhim tashabbus doirasida fan, sport, badiiy havaskorlik, kitobxonlik kabi ko‘plab jabhalarda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, kollejning o‘quv-me'yoriy hujjatlari va moddiy texnika bazasi o‘rganildi.
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda pedagog kadrlar uchun o‘quv seminarlar va mahorat darslari tashkil qilishga, pedagog xodimlarning darslarini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berish to‘g‘risida kelishib olindi.
Albatta, ILM — ta'lim muassasalarini, insonlarni ezgulik yo‘lida birlashtiruvchi, kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarni eng to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi JUDA KATTA KUCH!


UrDPI Matbuot xizmati