Close


ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI YURTDOSHLAR! SIZLARNI ENG ULUG‘ VA ENG AZIZ BAYRAM — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 34 YILLIGI BILAN URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI NOMIDAN SAMIMIY MUBORAKBOD ETAMIZ!


Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Istiqlol ayyomi — xalqimizning azaliy orzusi ushalgan tarixiy kundir.

Bugun biz ham oliygohimiz jamoasi bilan oliy ta’lim tizimidagi faoliyatimiz orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessansga mustahkam poydevor qo‘yish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga kamarbasta bo‘lib kelmoqdamiz.

Yurtimizda istiqlol keng tantana qilinayotgan ushbu quvonchli kunda barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan qutlab, Vatan ravnaqi, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ishlarda zafarlar tilaymiz!

Aziz do‘stlar, qalbingizni quvonch, oilangizni shod-u xurramlik, xonadoningizni qut-baraka aslo tark etmasin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Samimiy ehtirom bilan,
UrDPI rektori Feruza Madraximova.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: