Close


REKTOR TALABALAR TURAR JOYIGA QORAQALPOGʻISTONDAN VA BOSHQA VILOYATLARDAN KELIB JOYLASHGAN TALABALAR BILAN UCHRASHDI


Rektor Talabalar turar joyiga Qoraqalpogʻistondan va boshqa viloyatlardan kelib joylashgan talabalar bilan uchrashdi

Bugun, 1-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova yangi oʻquv yili oldidan Talabalar turar joyiga Qoraqalpogʻistondan va boshqa viloyatlardan kelib joylashgan talabalar bilan uchrashdi hamda ular bilan samimiy muloqot qildi. 

Ma’lumot uchun, 2025-2026-oʻquv yilida oʻqish jarayonlari 3-sentabrdan boshlanadi.
Shuningdek, hozirda Talabalar turar joyida yashash istagidagi yoshlar uchun arizalarni yuborish jarayonlari davom etmoqda. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun ham joylar tartib asosida ajratilmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: