Close


REKTOR BOSHCHILIGIDA INSTITUT TALABALARI QATAG'ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYIGA BORDILAR


Rektor boshchiligida institut talabalari Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga bordilar

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori, professor Feruza Madraximova tegishli mas’ullar va institut talabalari Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga bordilar.

Tashrif davomida muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Yulduz Raxmonova talabalarga muzey faoliyati va qatag'onga uchragan ajdodlarimiz tarixiga oid batafsil ma'lumotlar berdi. 

Tashrifdan yakunida Urganch davlat pedagogika instituti va Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: