Close


REKTORNING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUVLARI BOSHLANDI


Rektorning 1-bosqich talabalari bilan uchrashuvlari boshlandi

Bugun, 4-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlarni Pedagogika fakultetidan boshladi.

Uchrashuv davomida institut tizimi va faoliyati bilan tanishtirildi. Uchrashuv talabalar bilan erkin muloqot shaklida bo’lib o’tdi. Talabalarning savol va takliflariga batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, har bir talabaning fikri, muammo va takliflari doimo e’tiborda ekanligi va bu borada rektorga @FeruzaMadraximova_bot orqali ham murojaat qilishlari mumkinligi aytib o‘tildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: