Close


REKTOR BITIRUVCHILAR BANDLIGI BORASIDA YANGIARIQDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI


Rektor bitiruvchilar bandligi borasida Yangiariqda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bugun, 4-sentabr kuni rektor Feruza Madraximova Yangiariq tumaniga borib, bitiruvchilar bandligi borasida tumanda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Bitiruvchi talabalarning bandligi masalalarida viloyatda tashkil etilgan shtab bo’yicha Urganch davlat pedagogika instituti rektoriga Yangiariq tumani biriktirilgan. 

Tashrif davomida tumanda tashkil etilgan shtab a’zolari bilan band bo‘lmagan bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarida ishsiz yoshlarning ishtirokini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: