Close


REKTOR INSTITUTNING AKADEMIK LITSEYIGA O‘QISHGA KIRGAN O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI


Rektor institutning Akademik litseyiga o‘qishga kirgan o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova institut qoshidagi Akademik litseyga o‘qishga kirgan birinchi bosqich o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Litsey o‘quvchilari uchun kelgusida OTMlariga kirishda tahsil olayotgan ta'lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda mutaxassisliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi. UrDPI va akademik litsey o‘rtasidagi uzviylik, o‘quv jarayonlari hamda tashkiliy va metodik ko‘mak bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: