Close


UrDPI TALABALARINING YUTUQLARI SAFI YANA BIR MUVAFFAQIYAT BILAN BOYIDI


UrDPI talabalarining yutuqlari safi yana bir muvaffaqiyat bilan boyidi

Institutning iqtidorli talabasi Shirinjon Yo‘ldoshova Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan nufuzli Turkiy davlatlar universiadasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa turkiy xalqlar OTMlari talabalari o‘rtasida do‘stlik va sport hamkorligini mustahkamlash, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi hamda irodasini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. Unda bir qator mamlakatlardan kelgan iqtidorli sportchilar kuch sinashdi.

Shirinjon Yo‘ldoshovani ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Kelgusida ham xalqaro maydonda yanada katta g‘alabalarga erishishini tilaymiz.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: