Ijodkorlar bilan uchrashuv va kitob taqdimoti oʻtkazildi
Bugun 11-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida Pedagogika fakultetining tashabbusi bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda “Zomin” seminari hududiy bosqichi ishtirokchisi, iste’dodli yosh ijodkor Komronbek Do’stjonovning “Zulmatdan yorug’lik izlab” nomli kitobi taqdimoti o’tkazildi.
Taqdimot avvalida talabalarga O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodning shogirdi Komronbek Do’stjonovga videotabrigi namoyish etildi.
Tadbir davomida Pedagogika fakulteti dekani o'rinbosari Sarvar Abdullayev, uyushma a’zosi, bo’lim bosh mutaxassisi Boltaboy Bekmatov, “Xorazm” nashriyoti direktori Temur Tangriberganov, uyushma a’zosi, taniqli adib Shuhrat Matkarim, adiba va shoira Muhabbat Safoyeva, Urganch tumanidagi 20-son maktab o’qituvchilari Farhod Abdukarimov, Intizor Abdullayevalar soʻzga chiqdilar va asarning mazmun-mohiyati, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, o’ziga xos qirralari haqida gapirdilar, yosh ijodkorni ushbu ilk kitobining nashr etilishi munosabati bilan tabrikladilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati