Close


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI VA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


Buxoro davlat universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida institut talabalari Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Muzeyga tashrifdan so‘ng, ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi hamda mazkur memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorliklar ko‘zda tutilgan:

🔵Ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
🔵Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
🔵Qo‘shma seminar, konferensiya va treninglar tashkil etish;
🔵O‘quv-metodik tajriba almashinuvi.

Mazkur memorandum ilmiy va akademik aloqalarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, talabalarga zamonaviy bilim va tajriba olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: