Urganch davlat pedagogika instituti va Buxoro davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Xabaringiz bor, rektor rahbarligida institut talabalari Buxoro davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani Hikmatjon Matyaqubov, Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti dekani Zafarbek Karimov, Axborot-resurs markazi rahbari Dilrabo Tajimuratovalar hamda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Maʼmurov rahbarligidagi institut mas'ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
🔵professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi orqali tajriba orttirish;
🔵qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
🔵ta’lim dasturlarini boyitish hamda qo‘shma o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish;
🔵madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish;
🔵ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni xalqaro ilmiy bazalarda chop etish.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, hamkorlikning yanada samarali shakllarini joriy etishga xizmat qiladi.



©️ UrDPI matbuot xizmati