Close


UrDPI TALABALARIGA AQSH PROFESSORI DARS O‘TADI


UrDPI talabalariga AQSh professori dars o‘tadi

Bugun, 16-avgust kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova The Fulbright English Teaching Assistant (ETA) dasturi doirasida institutga kelgan AQShlik ingliz tili bo‘yicha xalqaro mutaxassis Andrew Dumenigo bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida dunyo tajribasi, xususan, ingliz tili bo‘yicha xalqaro tajriba, dasturdan ko'zlangan maqsad va vazifalar, til o‘rganish va madaniy almashinuv, o‘quv va ilmiy faoliyatda hamkorliklarni yanada kuchaytirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ingliz tili bo‘yicha bilimlarini yanada boyitishga qaratilgan bo‘lib, xorijlik o‘qituvchi tomonidan institut talabalariga 2025-2026-o‘quv yili mobaynida darslar o‘tilishi rejalashtirilgan. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: