Close


REKTOR OCHIQ OSMON OSTIDA YOSHLAR BILAN


Rektor ochiq osmon ostida yoshlar bilan

Bugun, 18-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Talabalar turar joyida ochiq osmon ostida yoshlar bilan muloqot qildi.

Erkin muloqot tarzida va motivatsion ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida rektor davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, ularni o‘z ustida ishlab, tinimsiz mehnat qilishga, eng muhimi yurt ravnaqi yoʼlida xizmat qilishga chaqirdi. 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha erkin fikr-mulohazalarini bildirdilar, shuningdek, qator g‘oya, tashabbus va takliflarni berdilar. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: