UrDPI vakili “1st International Quality Assurance Forum in Uzbekistan” xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda
Urganch davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jaloladdin Sa’dullayev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “1st International Quality Assurance Forum in Uzbekistan” xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda.
Mazkur forum Webster University Tashkent tashabbusi bilan tashkil etilib, unda oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash, ta’lim jarayonlarini xalqaro tajribaga uyg‘unlashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda innovatsion ta’lim standartlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Anjumanda xorijiy universitetlar vakillari, xalqaro tashkilot mutaxassislari hamda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ullari ishtirok etib, sifatni ta’minlash sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda.



©️ UrDPI matbuot xizmati