Close


UrDPI VAKILI TURKIYADA XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETMOQDA


UrDPI vakili Turkiyada xalqaro seminarda ishtirok etmoqda 

Turkiya hamkorlik va rivojlanish agentligi (TİKA) ko‘magida Anqarada joylashgan TED universitetida “Ko‘p qutbli dunyoda mintaqaviy dinamikalarni o‘rganish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

 Mazkur anjumanda O‘zbekiston, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan yetakchi olimlar, ekspertlar hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqdalar.

Ushbu xalqaro seminarda Urganch davlat pedagogika instituti vakili G‘.Atajanov ham qatnashib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqaviy jarayonlarni o‘rganish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: