Close


BUGUN URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI FERUZA MADRAXIMOVA ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI.


Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida talabalarga bo’lajak pedagoglar sifatida jamiyatimizda o’qituvchi qadri va nufuzining yuksalayotganligi hamda institutda yaratilgan sharoitlar haqida gapirib o’tildi. Rektor talabalarni faol bo‘lishga, ilmiy izlanishlarga, turli tanlov va musobaqalarda ishtirok etishga da’vat etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, rektordan batafsil javob oldilar.

Shuningdek, har bir talabaning fikri, muammo va takliflari doimo e’tiborda ekanligi va bu borada rektorga @FeruzaMadraximova_bot orqali ham murojaat qilishlari mumkinligi aytib o‘tildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: