UrDPIda “Ilm yulduzlari” intellektual koʻrik-tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi
Bugun, 24-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida “Ilm yulduzlari” intellektual koʻrik-tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Tanlovda O‘zbekiston xotin-qizlar kengashi “Olima ayollar” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi Munavvara Iskandarova ham fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.
Koʻrik-tanlov natijalari:
• “Eng innovatsion gʻoya sohibasi” – Pedagogika fakulteti oʻqituvchisi, PhD Yaqubov Shahnoza Erkinboyevna;
• “Eng yaxshi dasturiy ishlanma, texnologik ilova, raqamli media mahsulot sohibasi” – Filologiya fakulteti oʻqituvchisi Xudayberganova Madinabonu Qudratovna;
• “Eng zukko va topqir ishtirokchi” –Pedagogika fakulteti oʻqituvchisi Bekchanova Feruza Marimboy qizi,
• “Eng mohir ilm-fan ommalashtiruvchi sohibasi” – Filologiya fakulteti oʻqituvchisi, PhD Eshchanova Gulbahor Husanboyevna;
• “Eng mohir milliy qadriyatlar targʻibotchisi” – Pedagogika fakulteti, oʻqituvchisi, PhD Karimova Nilufar Boltaboyevna.
Tanlovda barcha fakultetlardan professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar. Tanlov gʻolibi viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.





©️ UrDPI matbuot xizmati