Close


UrDPI VAKILI XITOYDA MALAKA OSHIRIB QAYTDI


UrDPI vakili Xitoyda malaka oshirib qaytdi

Xabaringiz bor, Xitoyning Jeijang Normal universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada yurtimizdan delegatsiya vakillari, xususan, Urganch davlat pedagogika instituti vakillaridan Baxtigul Xasanova ham ishtirok etdi. 

Ushbu konferensiya “Bir kamar — bir yo’l” dasturi doirasida tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchilar Shanhay, Jinhua, Hangzhou va Suzhao shaharlarida bo'ldilar.

Dastur doirasida konferensiyadan tashqari seminar va malaka oshirish kursi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Xitoy davlati ta'lim tizimidagi xalqaro imkoniyatlar, o'quvchilardagi shaxsiy ko'nikmalarni rivojlantirish va kasbga yo'naltirish, o'quvchilar mobilligi va global ta'lim tendensiyalari, raqamli intellekt davrida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish mavzularida malaka oshirdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: